Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1194 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI SH. POLVANOVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


№ 1194                                                    2022-yil  5-dekabr

 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  Qonunchilik palatasi deputati Sh. Polvanovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

 


“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 66-Nurobod saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining a’zosi Shuxrat Tagaymuratovich Polvanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 19-noyabrdagi SQ-663-IV qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari - iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlanganligi va shu munosabat bilan bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasiga yuborilsin.

 

3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                Z.Nizamxodjayev