Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1192 Z.T.MIRZAEVNI OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI ETIB ROʼYXATGA OLISH TOʼGʼRISIDA

Oʼzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


№ 1192                                                    2022-yil  16-noyabr

 


Z.T.Mirzaevni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi etib roʼyxatga olish toʼgʼrisida

 

 

Oʼzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 85-moddalariga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Boʼshab qolgan oʼringa Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini oʼtkazish boʼyicha 2022-yil 15-noyabr kuni oʼtkazilgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati hamda tuman va shahar kengashlarining qoʼshma majlisi bayonnomasiga asosan Mirzaev Zoyir Toirovich Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib roʼyxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjaev