Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1189 A.T.ORINBAYEVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№ 1189                                                    2022-yil  9-sentabr

 

A.T.Orыnbayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 85-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha 2022-yil 9-sentabr kuni o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Orinbayev Amanbay Tleubayevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjayev