Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1182 REFERENDUM O‘TKAZUVCHI KOMISSIYALAR A’ZOLIGIGA NOMZODLARNING MALAKASINI OSHIRISH BO‘YICHA IKKINCHI BOSQICH SEMINAR-TRENINGLAR MUDDATI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


№ 1182                                                    2022-yil  20-iyul

 


Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zoligiga nomzodlarning malakasini oshirish bo‘yicha ikkinchi bosqich seminar-treninglar muddati to‘g‘risida

 


“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 28-iyundagi 1173-son qarori bilan tasdiqlangan Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi ikkinchi yo‘nalishining ikkinchi bosqichi belgilangan seminar-treninglar referendumni tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin 20 kun ichida o‘tkazilsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev