Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1165 Qashqadaryo viloyati hududida Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qo‘llanilishi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning.........

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№ 1165                                                     2022-yil  15-aprel

 

Qashqadaryo viloyati hududida Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qo‘llanilishi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlariga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16 - moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Qashqadaryo viloyatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari faoliyatini o‘rganish natijalari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

2. Qashqadaryo viloyati xokimiligi:

 

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati, tuman va shahar Kengashlari, tuman, shahar hokimliklari hamda viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari bilan hamorlikda Saylov kodeksining bir xil tarzda qo‘llanishini ta’minlash, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyatini takomillashtirish hamda saylov jihozlarini saqlash yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining ma’lumotnomasida berilgan takliflar asosida chora-tadbirlar belgilasin va amalga oshirsin;

 

joriy yilning 10-iyuniga qadar ko‘rilgan chora-tadbirlar va ularning natijalari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga ma’lumot taqdim etsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov va Komissiya a’zosi O.Bazarov zimmalariga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev