Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1162 G.M. MARUFOVANI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOSI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

 № 1162                                                     2022-yil  3-mart

 

 

G.M. Marufovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G.M.Marufovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 28-fevraldagi PF-80-son Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 75-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Gulnora Maxmudovna Marufova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjayev