№ 1160 R.T. MAMATOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOLARI RO‘YXATIDAN CHIQARISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


 № 1160                                                     2022-yil  15-fevral

 


R.T. Mamatovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-69-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Raxmat Toshnazarovich Mamatovning vakolati muddatidan avval tugatilganligi sababli, uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilgan deb hisoblansin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                Z. Nizamxodjayev