Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1159 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI A.ASLONOVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

 № 1159                                                      2022-yil  8-fevral

 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati A.Aslonovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:


1. 68-Samarqand saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining a’zosi Abdullo Ubaydullayevich Aslonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-110-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin. 


2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga yuborilsin. 


3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.


Rais                                                              Z.Nizamxodjayev