Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1156 B.SHARIPOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOLARI RO‘YXATIDAN CHIQARISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

 № 1156                                                      2021-yil 10-noyabr

 

 

B.Sharipovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Baxodir Mavlonovich Sharipovning o‘z vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin. Shu munosabat bilan Baxodir Mavlonovich Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga yuborilsin.

 

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 


Rais                                                                                  Z.Nizamxodjayev