Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1155 2021-yil 03-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasining namunasi va tavsifini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning namunasi va tavsifi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasining namunasi va tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi toʻgʻrisida” 2007-yil 28-dekabrdagi 367/1-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (X. Mamatov) belgilangan tartibda guvohnomani tayyorlanishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z.Nizamxodjayev