№ 1154 2021-YIL 24-OKTABR KUNI O‘TKAZILGAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI NATIJALARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1154                                                      2021-yil 29-oktabr

 

 

2021-yil 24-oktabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90 va 117-moddalari, Saylov kodeksining 14, 16, 96-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining saylov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 2021 yil 24 oktyabrda o‘tkazigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va Saylov kodeksiga muvofiq haqiqiy va bo‘lib o‘tgan deb topilsin.

 

2. Shavkat Miromonovich MIRZIYOYEV 2021-yil 24-oktabr kuni muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foiz ovozi bilan besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblansin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                    Z. Nizamxodjayev