Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1148 AYRIM SAYLOV UCHASTKALARIDA SAYLOV JARAYONINI VIDEO-TRANSLYASIYA QILISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARNI BELGILASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


 № 1148                                                      2021-yil 13-oktabr

 


Ayrim saylov uchastkalarida saylov jarayonini video-translyasiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida

 


O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8, 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Ovoz berish kuni saylov jarayoni onlayn video-translyasiya qilinadigan saylov uchastkalari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

 

joriy yilning 18 oktyabrigacha saylov jarayonini video-translyasiya qilish uchun saylov uchastkalarida zaruriy qurilmalarni o‘rnatish va jihozlashni ta’minlash ishlarini mazkur qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq amalga oshirish;

 

joriy yilning 20 oktyabrigacha Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida katta hajmdagi ekranda, saylov2021.uz portalida hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” va boshqa telekanallarida saylov jarayonini onlayn tarzda kuzatish imkoniyatini yaratish vazifasi yuklatilsin.

 

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda joriy yilning 18 oktyabrigacha:

 

saylov uchastkalarini uzluksiz elektr manbai bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;

 

saylov jarayoni onlayn video-translyasiya qilinadigan saylov uchastkalarida zaxira elektr ta’minoti bo‘lishini ta’minlasin.

 

4. Moliya vazirligi Markaziy saylov komissiyasining so‘roviga asosan saylov uchastkalarida zaruriy qurilmalarni o‘rnatish va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni ajratsin.

 

5. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjayev

 


ILOVA