№ 1140 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINI O‘TKAZUVCHI 14-TOSHKENT SHAHAR OKRUG SAYLOV KOMISSIYASI TARKIBIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


 № 1140                                                      2021-yil 30-sentabr

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 21 va 25-moddalari hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan bergan tavsiyasi ma’qullansin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 14 avgustdagi 1099-son qarori bilan tasdiqlangan 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tarkibi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi

(Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti binosi, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ismoiliy ko‘chasi, 1g-uy, telefonlar: 0-371 299-00-01, 0-371 299-00-02)

Raisi

1.      

Abduraxmanov Odil Kalandarovich

Toshkent davlat transport universiteti rektori

Rais o‘rinbosari

2.      

Bekov Ixtiyor Rustamovich

Toshkent davlat yuridik universiteti konstitusiyaviy huquq kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi

Kotibi

3.      

Xudayberganov Ravshonbek Xudaybergan o‘g‘li

Toshkent davlat transport universiteti prorektori

A’zolari

4.      

Abrayev Akbar Ziyodullayevich

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i

5.      

Dalabayev Abdurashid Abduvaliyevich

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi o‘rinbosari

6.      

Kamalov Badritdin Sadritdinovich

Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylarining “Nuroniylar” sanatoriysi direktori

7.      

Azizov Kamalitdin Tulyaganovich

Toshkent shahar Uchtepa tumani “Sharq yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

8.      

Abbasxanov Maksud Numanovich

“Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ direktori

9.      

Madraximova Feruza Ruzimbayevna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika universiteti prorektori

10.  

Kucharova Dildora Lutpullayevna

Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘i

11.  

Nazirov Abdulaziz Abdurasul o‘g‘li

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i

12.  

Jurayeva Gulnoza Axmatovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, o‘zbek adabiyotini o‘kitish metodikasi kafedrasi dosenti

13.  

Nasirova Rano Raximovna

Toshkent shahar Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori

14.  

Ismailova Ra’no Muzaffarovna

Toshkent shahar Olmazor yengil sanoat kasb-hunar kolleji direktori

15.  

Sharipov Kongratbay Avezimbetovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

16.  

Djalilov Ulmas Vasiljonovich

Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi direktori

17.  

Saidov A’lonur Baxtinurovich

Respublika qon quyish markazi direktori

18.  

Vasikova Feruza Xamitovna

Nogironlar jamiyati Toshkent shahar bo‘limi raisi

19.  

Bektemirova Tamara Zelimxanovna

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikasi boshlig‘ining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

20.  

Gafurov Anvar Akmalovich

“Ma’rifat markazi” binosidan foydalanish va binoga tutash hududga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan direksiya direktori

21.  

Mamadjanov Avaz Karimjanovich

Toshkent shahar Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i

 

3. Mazkur qaror 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasiga ijro uchun yuborilsin.

 

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                   Z. Nizamxodjayev