O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1126 2021-yil 15-sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh.M. Mirziyoyevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning quyidagi ishonchli vakillari ro‘yxatga olinsin:
| Daniyarov Abatbay Saparbayevich | O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i | 
| Axunov Uktamjon | Andijon viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi | 
| Xusenov Samoydin Kasimovich | Buxoro viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi | 
| Uzakov Bayrambek | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri | 
| Poyonov Temurbek Olimovich | O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i | 
| Sanakulov Kuvandik | “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori | 
| Najmiddinov Ikromxon | Namangan viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi | 
| Xalmuradov Rustam Ibragimovich | Samarqand davlat universiteti rektori | 
| Axmedjanova Pokiza Shavkatovna | Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi” direktori | 
| Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri | 
| Turdiboyeva Ra’no Eshovna | Toshkent davlat agrar universiteti prorektori | 
| Sidikova Enaxon Abduraximovna | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari | 
| Vapayev Amin | Xorazm viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi targ‘ibotchisi | 
| 
 Kalanov Rustam Abduxakimovich | 
 Toshkent shahar hokimining maslahatchisi | 
2. Ishonchli vakillarga belgilangan tartibda guvohnoma topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev