O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1121 2021-yil 14-sentabr
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich MIRZIYOYEVni ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 40-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Shavkat Miromonovich MIRZIYOYEV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z.Nizamxodjayev