№1026 R.MAMATOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOSI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘GʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 1026 2020-yil 24-yanvar

R.MAMATOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOSI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “R.T.Mamatovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 22-yanvardagi PF-5921-son Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 75-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Raxmat Toshnazarovich Mamatov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov