№ 1025 2020-yil 17-yanvar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING 2019-YILDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI YUZASIDAN HISOBOTI HAMDA 2020-YIL BIRINCHI YARMIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin (1-ilova).
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (X.Mamatov) tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan barcha tadbirlarni o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlasin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov