№ 1024 2020-yil 17-yanvar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI HAMDA SENATINING BIRINCHI MAJLISINI CHAQIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlarining 10-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining birinchi majlisi 2020-yil 20-yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida hamda “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov