№ 1022 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN TAYINLANGAN OLIY MAJLIS SENATI A’ZOLARINI RO‘YXATGA OLISH TO‘GʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 1022 2020-yil 17-yanvar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN TAYINLANGAN OLIY MAJLIS SENATI A’ZOLARINI RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 17-yanvardagi № PF-5918-son Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 75-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 13 nafar a’zosi ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.

2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida hamda “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov