№ 1019 XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING GUVOHNOMASI VA KO‘KRAK NISHONI TO‘GʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 1019 2020-yil 6-yanvar

XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING GUVOHNOMASI VA KO‘KRAK NISHONI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 20-moddalariga, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 17-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga mazkur namunaviy nizom asosida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash tavsiya etilsin.

2. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining ko‘krak nishoni tavsifi va namunasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining guvohnomasi tavsifi va namunasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatning transportda tekin yurish tartibi va shartlari, transport tashkilotlari bilan bu borada hisob-kitob qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-apreldagi 78-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatining yo‘lovchilar transportida bepul yurishi hamda transport tashkilotlari bilan shu bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari to‘g‘risida Nizom asosida amalga oshiriladi.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘g‘org‘i Kengesi deputatlari ko‘krak nishoni va guvohnomasi to‘g‘risidagi nizomni, ularning tavsifi va namunalarini tasdiqlash tavsiya etilsin.

5. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov