№ 1017 2020-yil 6-yanvar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASIGA AYRIM SAYLOV OKRUGLARIDAN TAKRORIY OVOZ BERISH NATIJASIDA SAYLANGAN DEPUTATLARNI RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
deputatlar saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining 2020-yil
5-yanvar kuni 25 ta saylov okrugida o‘tkazilgan takroriy ovoz berish
natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalari va qarorlariga asosan hamda
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 59, 73, 96, 97-moddalariga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga 25 ta saylov okruglaridan takroriy ovoz berish natijasida
saylangan deputatlar ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasining rasmiy veb-saytida hamda “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo”
gazetalarida e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov