Saylov tizimlari xalqaro jamgʻarmasi (IFES) – xalqaro notijorat tashkilot boʻlib, u rivojlanayotgan demokratik davlatlarda saylov tashkilotchilari va ishtirokchilariga yordam koʻrsatadi. 1987-yilda tashkil qilingan IFESning bosh qarorgohi AQSHning Virjiniya shtati, Arlington shahrida joylashgan. Hozirga qadar 145 ta davlatga saylovlar sohasida hamkorlik yordamlarini koʻrsatgan.
Shuningdek, internet maʼlumotlariga koʻra, jamgʻarma saylov tashkilotchilariga texnik yordam koʻrsatish, siyosiy jarayonlarda fuqarolar ishtirokini oshirish uchun fuqarolik jamiyati va davlat idoralari bilan hamkorlik qilish hamda samarali boshqaruv va demokratik huquqlarni taʼminlash faoliyatini targʻib qilishda yordam koʻrsatadi.
Jamgʻarma Prezidenti va ijrochi direktori Entoni Banburi.