MSK a'zolari

leadership

NIZAMXODJAYEV ZAYNIDDIN MAXAMATOVICH

Komissiya Raisi

1954-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi - davolash ishi, tibbiyot fanlari doktori, professor. 2015-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash  masalalari qo‘mitasi raisi,  2020-yil 20-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

 

Zayniddin Nizamxodjayev  2014-yil “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

 

2021-yil 5-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi lavozimiga saylangan.

leadership

KUCHKAROV BAXROM TULKINOVICH

Komissiya Raisining o‘rinbosari

1972-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 1998-yilda Vashington huquq kollejini (AQSH), 1999-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, mutaxassisligi – huquqshunos, iqtisodchi.

 

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Yuridik xizmati rahbari, 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi, 2020-yil 25-maydan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

B. Kuchkarov 2002-yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

 

2021-yil 5-fevraldan Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylangan.

leadership

MAMATOV XUDOYOR TESHAYEVICH

Komissiya kotibi

1971-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisiligi huquqshunos. 1-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlar doktori, professor.

 

2005-2012 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. 2012-2017 yillarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i. 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi X.Sulaymonova  nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining direktori. 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.

 

2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib, 2019-yil 19-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi etib saylangan.

leadership

FARMANOV ALEKSANDR KASIMOVICH

Komissiya a’zosi

1958 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Qozog‘iston Respublikasi Jambul gidromeliorativ qurilish institutini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi, dotsent. Mutaxassisligi - quruvchi-muhandis. 2020 - yil  “O‘zelektroapparat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi lavozimida faolıyat yurıtgan.

 

1997 - yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni, 2004 - yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, 2011 - yil Aleksandr Farmanov “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni  bilan mukofotlangan.

 

2021 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

leadership

RAXIMOVA GULNOZA ABDUSATTAROVNA

Komissiya a’zosi

1959 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. Ko‘p yillar mobaynida prokuratura organlari tizimida mas’ul lavozimlarda, 2010 - yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan, adliya katta maslahatchisi maxsus darajali unvonga ega. Gyulnoza Raximova 2013 - yil “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan,  O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining a’zosi. 2018 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. Shu yil 4 - maydan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari, 2019 - yil 23 - iyuldan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

leadership

YUNUSOV BAXODIRJON JALOLDINOVICH

Komissiya a’zosi

1965 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Andijon paxtachilik institutini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi-muhandis-mexanik. Andijon viloyati hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi vazifasida mehnat qilgan. 2019 - yil 24 - avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib saylangan.

leadership

IBODULLAYEV ADXAM IBODULLAYEVICH

Komissiya a’zosi

1984-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit. Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamentining Byudjet qonunchiligi buzilishi holatlarini nazorat va profilaktika qilish yig‘ma-tahlil boshqarmasi Byudjet qonunchiligi buzilish holatlarini tahlil qilish va profilaktikasini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib saylangan.

leadership

PALUANIYAZOV XALMUXAMMED AITJANOVICH

Komissiya a’zosi

1979-yil tug’ilgan, ma’lumoti oliy – 2001-yil Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavr bosqichini, 2003-yil Qoraqalpoq davlat universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi huquqshunos, ikkinchi darajali yurist. Ilmiy unvoni dotsent.

 

2021-yil 13-martdan Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo’yicha o’quv markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.

 

2024 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan. 

leadership

XUSANOVA MUXTABAR AKBAROVNA

Komissiya a’zosi

1983-yilda tugʻilgan, oliy maʼlumotli – 2003-yil Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini, 2005-yil Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi yurisprudensiya, huquq magistri, yuridik fanlar nomzodi.

 

2015-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

 

2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

 

"Shuhrat" medali bilan mukofotlangan.

 

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi etib saylangan.