• eye Maxsus imkoniyatlar
yangiliklar bo'yicha izlash
MA'LUMOT
Fotogalereya
Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda
25.11.2022
230
Avval xabar berganimizdek, Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhi hududlarda saylovlar amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish maqsadida 24-26 noyabr kunlari Toshkent viloyatining bir qator shahar va tumanlarida bo‘lishdi.

MSK ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyati Xalq deputatlari viloyat (shahar va tuman) Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalarining Saylov kodeksi normalarining bir xilda qo‘llanilishi hamda mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyoti o‘rganildi. Shuningdek, ishchi guruhi a’zolari viloyatga ajratilgan saylov jihozlarining saqlanish holatini ham ko‘rib chiqdilar.

O‘rganish natijalari bo‘yicha saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish, saylov jihozlarini saqlanishini ta’minlash holati tegishli saylov komissiyalari a’zolari, mahalliy hokimliklarning mutasaddi vakillari bilan birgalikda tahlil qilindi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Rejaga asosan ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshqa viloyatlarda ham davom ettiradi.

 

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati