• eye Maxsus imkoniyatlar
yangiliklar bo'yicha izlash
MA'LUMOT
Fotogalereya
Oʻzbekistonlik missiya vakillari Qozogʻiston Respublikasidagi saylov jarayonlari bilan tanishmoqda
20.11.2022
175
Avval xabar berganimizdek, bugun 20-noyabr kuni Qozogʻiston Respublikasida muddatdan oldin Prezidentlik saylovi oʻtkazilmoqda.

Saylovni kuzatish maqsadida Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan mazkur mamlakatda boʻlib turgan MSK Raisi Zayniddin Nizomxodjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston missiyasi vakillari MSK aʼzolari hamda xodimlari ShHT, MDH kabi missiyalari tarkibida Ostona, Chimkent hamda Akmola viloyatidagi bir qator saylov uchastkalaridagi ovoz berish jarayonlari, tashkiliy chora-tadbirlar, aholining saylovdagi ishtiroki bilan yaqindan tanishdi.

Respublikada jami 10 101 ta saylov uchastkasi, 53 ta xorijiy davlatda esa 68 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. 

Aksariyat hududlarda ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da, 86 ta saylov uchastkasida hududiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan soat 6.00 da shu bilan bir qatorda 5 ta viloyatda hududidagi vaqt zonalari chegaralariga muvofiq soat 8:00 da boshlandi.

Qozogʻiston mahalliy vaqti bilan soat 14:05 holatiga 11 950 485 nafar ovoz beruvchidan, 6 113 621 nafari ya'ni 51,16 % saylovda ishtirok etdi.