• eye Maxsus imkoniyatlar
yangiliklar bo'yicha izlash
MA'LUMOT
Fotogalereya
Yakshanba kuni Shvetsiyada saylovlar bo'lib o'tdi
13.09.2022
187
11-sentabr kuni Shvetsiya parlamenti o'rinlari uchun o'tkazilgan saylovlarda 49.7 foiz ovoz bilan o'ngchilar yetakchilik qilib kelmoqda.

Dushanba kungi dastlabki natijalarga ko'ra ovozlarning 95 foizi sanab chiqilgan. Shvetsiya saylov komissiyasining xabar berishicha yakuniy natijalar xorijdagi shvetsiyaliklarning ovozlarini sanab chiqqach e'lon qilinadi. 

Parlamentdagi 349 o'rin uchun bo'lgan kurashda o'ng blok hozircha yuqori natijalarni egallab turibdi. Ovoz berish ochiq ro'yxatli proporsional saylov tizimi orqali o'tkaziladi. Mamlakatdagi immigratsion holat, energetika va moliyaviy inqiroz o'ngchilarning g'alabaga erishishida asosiy sabab sifatida ko'rsatilmoqda. 

Shvetsiya saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko'ra 7 mln 772 ming kishi saylovchilar ro'yxatiga kiritilgan. Saylovda ishtirok etganlar esa 81  foizni tashkil etmoqda.