• eye Maxsus imkoniyatlar
yangiliklar bo'yicha izlash
MA'LUMOT
Fotogalereya
Inqirozli vaziyatlarda samarali kommunikatsiya o'rnatish mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi
08.09.2022
299
6-8-sentabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yevropa axborot akademiyasi (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda “Xalqaro kommunikatsiyalar va mamlakatning dunyodagi imijini ko’tarish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xodimlari ham ishtirok etishdi. O’quv seminarlari davomida BBC agentligi vakolatxonasi rahbari, xalqaro ekspert S.Stanovkin ishtirokchilarga strategik va tezkor kommunikatsiya yuritish ko’nikmalarini shakllantirish, yolg’on axborotlarga munosabat bildirish, inqirozli vaziyatlarda samarali yechim topish, media-platformalar tahlilini yuritish mavzularida ma’ruzalar o’tdi.