• eye Maxsus imkoniyatlar
yangiliklar bo'yicha izlash
MA'LUMOT
Fotogalereya
2022-yil Amerika mamlakatlarida bo'lib o'tadigan saylovlar
12.01.2022
454

Barbados

19-yanvar kuni Barbadosda muddatidan oldin parlament saylovlari bo'lib o'tadi. Unda Barbados palatasining 30 nafar a'zosi saylanadi. Bu Barbados parlament respublikasiga aylangani va o'z prezidentini saylagandan keyingi birinchi saylovlar xisoblanadi. 

Kosta-Rika

6-fevral kuni Kosta-Rikada prezident, ikki vitse-prezident va milliy qonun chiqaruvchi organ a'zolarini saylaydigan umumiy saylovlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Kosta-Rika Konstitutsiyasiga muvofiq, prezident, ikkita vitse-prezident, shuningdek qonun chiqaruvchi organning barcha 57 a'zosi saylanadi. 

Kolumbiya

13-mart kuni Kolumbiyada parlament saylovlari bo'lib o'tadi. Unda Vakillar palatasi va Senatning yangi a'zolari saylanadi. 29-may kuni esa Kolumbiyada prezidentlik saylovlari o'tkaziladi.

Braziliya

Braziliyada umumiy saylovlar 2-oktabr kuniga belgilangan. Prezident, vitse-prezident va Milliy Kongress a'zolari saylanadi. Bir vaqtning o'zida gubernatorlar, vitse gubernatorlar va shtat qonun chiqaruvchilari uchun saylovlar bo'ladi. 

AQSH

8-noyabr kuni AQSH Kongressi vakillar palatasiga saylovlar bo'lib o'tadi. Mazkur saylovlar AQShning 50 ta shtatining har birida 435 ta Kongress okrugi vakillari uchun o'tkaziladi.