• eye Maxsus imkoniyatlar
yangiliklar bo'yicha izlash
MA'LUMOT
Fotogalereya
MSK rahbariyati Adliya vazirligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi
08.01.2022
923
Bugun Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shonli 30 yilligi munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda adliya vazirining o‘rinbosari M. Ikramov ishtirok etib MSK raisi Z.Nizamxodjayev, rais o‘rinbosari B.Kuchkarov hamda MSK Kotibiyat rahbari X.Mamatovlarga Adliya vazirligining 30 yilligi esdalik nishoni tantanali topshirildi.

Tadbirda MSK raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov so‘zga chiqib 2021-yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarini yuqori saviyada o‘tishida Adliya vazirligining alohida hissasi borligini qayd etib o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, so‘nggi yillarda adliya sohasida amalga oshirilgan islohotlar, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish yo‘lida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi hamda barcha soha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.

O‘z navbatida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov ham so‘z olib avvalambor Prezident saylovlarini muvaffaqiyatli o‘tganligi bilan barcha MSK xodimlarini qutladi hamda saylovni tashkil etish va uni o‘tkazishda MSK tomonidan qilingan ishlarni alohida e’tirof etdi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati