• eye Maxsus imkoniyatlar
MA'LUMOT
Fotogalereya
MSK a'zolari tarkibi
USMONQULOV ALISHER QODIRQULOVICH
USMONQULOV ALISHER QODIRQULOVICH

1968 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi, dotsent. Mutaxassisligi - muhandis-mexanik-texnolog. 2016 - yil 29 - sentabrdan Jizzax politexnika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.

2021 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

FARMANOV ALEKSANDR KASIMOVICH
FARMANOV ALEKSANDR KASIMOVICH

1958 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Qozog‘iston Respublikasi Jambul gidromeliorativ qurilish institutini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi, dotsent. Mutaxassisligi - quruvchi-muhandis. 2020 - yil 3 - maydan

“O‘zelektroapparat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

1997 - yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni, 2004 - yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, 2011 - yil

Aleksandr Farmanov “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni  bilan mukofotlangan.

2021 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

QUDRATXO'JA SHERZODXON TOJIDDIN O'G'LI
QUDRATXO'JA SHERZODXON TOJIDDIN O'G'LI

1974 - yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi jurnalist. Siyosiy fanlar nomzodi. Hozirgi kunda Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori, Xalqaro Press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019 - yil 24 - avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.

YUNUSOV BAXODIRJON JALOLDINOVICH
YUNUSOV BAXODIRJON JALOLDINOVICH

1965 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Andijon paxtachilik institutini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi-muhandis-mexanik. Andijon viloyati hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi vazifasida mehnat qilgan. 2019 - yil 24 - avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib saylangan.

YUSUPOV ERGASH AMANBAYEVICH
YUSUPOV ERGASH AMANBAYEVICH

1958 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent  politexnika  institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - muhandis-quruvchi. 2020 - yil 3 - maydan Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Ergash Yusupov 1999 - yil “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

2021 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

QOZIXONOVA ORZIGUL MO‘YDINOVNA
QOZIXONOVA ORZIGUL MO‘YDINOVNA

1971 - yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Tojikiston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisiligi-huquqshunos. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining yuridik bo‘limi mudiri lavozimida mehnat qilmoqda. 2019 - yil 24 - avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.