• eye Maxsus imkoniyatlar
MA'LUMOT
Fotogalereya
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi yuzasidan eʼlon
29.08.2022
373
30-avgust kuni soat 11:00 da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.

Majlis kun tartibidan

Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalar oʻrin olgan.

Mazkur majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda YouTube platformasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.