• eye Maxsus imkoniyatlar
MA'LUMOT
Fotogalereya
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi yuzasidan eʼlon
13.07.2022
634
13-iyul soat 11:00 da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.

Majlis kun tartibidan:

- Oʻzbekiston Respublikasi referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi;
- Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi;
- Siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolarning tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash.
- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari hamda 2022-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasi toʻgʻrisidagi masalalar oʻrin olgan.

Mazkur majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda YouTube platformasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.