• eye Maxsus imkoniyatlar
2007-yil 23-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovi
17.07.2021
3117

2007-yil 23-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov boʻlib oʻtdi. Ushbu saylovda 16 mln. 297 ming 400 nafar saylovchi roʻyxatga olindi. Shundan 14 mln. 765 ming 444 nafari yoki 90,6 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Saylov natijalariga koʻra: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Islom Abdugʻaniyevich Karimovga 13 million 8 ming 357 nafar saylovchi yoki saylovda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,1 foizi ovoz berdi. Oʻzbekiston Xalq-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Asliddin Ashurboevich Rustamovga 468 ming 64 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 3,17 foizi, saylovchilar tashabbuskor guruhidan koʻrsatilgan nomzod Akmal Xolmatovich Saidovga 420 ming 815 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,85 foizi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedovaga 434 ming 111 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,9 foizi ovoz berdi. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 14, 35-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdugʻaniyevich Karimovni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi, deb hisoblash haqida qaror qabul qildi.