• eye Maxsus imkoniyatlar
MA'LUMOT
Fotogalereya
№ 1167 D.A. Xidoyatovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida
28.04.2022
306

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori


 № 1167                                                     2022 yil  28 aprel


D.A. Xidoyatovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida


“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Davron Abdulpattaxovich Xidoyatovning o‘z vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin. Shu munosabat bilan Davron Abdulpattaxovich Xidoyatov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 


Rais                                                                              Z. Nizamxodjayev